26 iyu 10:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Urush davom etadi: Jon Jons 2-3 yil jang qilmaslikka tayyor!
Yarim og'ir vaznda UFC chempioni Jon Jons hamda tashkilot prezidenti Dena Uayt o'rtasidagi ziddiyat davom etadi.
Bu safar Jons matbuotda chiqish qilib, 2-3 yil UFC bayrog'i ostida jang o'tkazilmaslikka tayyor ekanligini aytgan. Amerikalik chempion Uaytdan gonorarini oshirishni talab qilayotgandi.
"Uayt bilan munosabatlarimiz sovuqligicha qoladigan bo'lsa, uni tashabbus bilan chiqib o'zgartirishga harakat qilmayman. Men 2-3 yil oktagonga chiqmaslikka ham tayyorman. SHunday yo'l tutsam, meni jang o'tkazganimdan ko'ra ko'proq eslab yurishadi", — dedi Jons.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar