06 sen 10:33
Yangiliklar
Tennis
US Open. Andrey Rublyov 1/4 finalga chiqdi
Nyu-York shahrida o'tkazilayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Dunyoning 11-raketkasi Andrey Rublyov musobaqaning chorak final ishtirokchisiga aylandi. Rossiyalik tennischi 1/8 finalda ATP reytingida o'zidan ikki pog'ona yuqorida turgan britaniyalik Kemeron Norrini uch setda ham bir hisobda mag'lub eta oldi - 6/4, 6/4, 6/4.
Andrey tennischilarning o'zaro uchrashuvida hisobda oldinga chiqib oldi - 2:1. Bahs 126 daqiqa davom etgan va unda Rublyov 11, Norri esa 7 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Endi rossiyalik raketka ustasi 1/4 finalda Frensis Tiafoga qarshi kortga chiqadi. Amerikalik tennischi nimchorak finalda dunyoning uchinchi raketkasi Rafael Nadalni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar