02 sen 09:30
Yangiliklar
Tennis
US Open. Andrey Rublyov raqibiga 7 ta geym berdi
Dunyoning 11-raketkasi Andrey Rublyov AQSH Ochiq chempionatining uchinchi bosqichiga yo'l oldi.
Rossiyalik tennischi 105 daqiqa davom etgan ikkinchi davra bahsida ATP reytingida 81-pog'onadan joy olgan koreyalik Sun-Vu Kvonni ortiqcha qiyinchiliksiz tasliq etdi - 6/3, 6/0, 6/4. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yanada yiriklashdi - 4:0!
Rublyov 12 ta eys, 5 ta qo'shxato, 6 ta breyk qayd etdi. Kvon esa 3 ta eys zarbasini ijro etib, 2 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi va bir bor breykni amalga oshirdi. Endi Andrey US Open uchinchi davrasida kanadalik Denis SHapovalovga qarshi kortga chiqadi. Denis ikkinchi bosqichda ispaniyalik Roberto Karbales-Baenadan ustun keldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar