03 sen 15:38
Yangiliklar
US Open. Daniil Medvedev Borgeshga to'rtta geym berdi
Dunyoning beshinchi raketkasi Daniil Medvedev ham kuchli sakkiz nafar tennischilar safiga kirdi. Rossiyalik tennischi 1/8 finalda ATP reytingida 34-pog'onada borayotgan portugaliyalik Nunu Borgeshga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6/0, 6/1, 6/3.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 3:0. Bir soatu 48 daqiqa davom etgan bahsda Medvedev 9, Borgesh 5 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar portugaliyalikda teng barobariga ko'proq bo'ldi - 10 ga 5. Breyklar bo'yicha ustunlik tabiiyki Daniilda ancha ko'p bo'ldi - 8 ga 1!
Medvedev o'tgan yili AQSH Ochiq chempionatining finaliga etib kelgandi. O'shanda u Novak Jokovichga imkoniyatni boy berib, US Open vice-chempioniga aylangan edi. Uning 1/4 finaldagi raqibi dunyoning birinchi raketkasi italiyalik Yannik Sinner bo'ladi.
Fikrlar