09 may 13:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Usikning qachon ringga qaytishi malum
Birinchi og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Aleksand Usik qachon jarohatidan qutulib, ringga qaytishi malum qilindi.
Bu haqida uning menejeri Egis Klimas xabar berdi.
«Usik ikki oydan beri har kuni bo'lajak jang uchun jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan edi. Bizda tayyorgarlik uchun yana ikki hafta bor edi, lekin u kutilmaganda jarohat oldi. Bundan barcha hafa, ayniqsa Usik. U tahminan bir oy jarohatini davolaydi. SHundan so'ng yana bir-ikki oy qayta tiklanishga ketadi. Katta ehtimol bilan, Aleksandr sentyabr oyiga kelib ringga qaytishi mumkin»,-deb fikr bildrigan Egis.
Eslatib o'tamiz, Usik superog'ir vazndagi debyut jangini 25 mayda Karlos Takamaga qarshi o'tkazishi kerak edi. Ammo, kutilmagan jarohat bois mazkur jang bekor qilindi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar