27 may 17:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Usikning qachon ringga qaytishi malum qilindi
Birinchi og'ir vazn toifasida uchta yo'nalish chempioni Aleksandr Usikning superog'ir vazndagi debyuti qachon bo'lishi malum qilindi.
Bu haqda ukrainalik bokschining promouterlaridan biri Eddi Xirn xabar berdi. Aslida Usik o'tgan kuni AQSHning Okson Xill shahrida Karlos Takamga qarshi ringga ko'tarilishi kerak edi.
Lekin mashg'ulotdagi jarohat sabab superog'ir vazndagi debyut kechroq muddatga ko'chirildi. Xirnning aytishicha, WBO, WBC va IBF yo'nalishlari chempioni Aleksandr Usik sentyabr oyida ringga chiqadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar