14 may 15:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Usikning sparring raqibi: "U juda tezkor"
Birinchi og'ir vazn toifasida WBC, IBF, WBO kamarlari sohibi Aleksandir Usikning sparring raqibi Izuagbe Ugonox bokschining tayyorgarligi haqida fikr bildirdi.
«Sparring janglarida nimalar kechayotganini to'liq aytolmayman, lekin Usikning zarbalari superog'ir vazn uchun biroz kuchsizroq. Bu esa, o'z navbatida kuchli bokschilarga qarshi janglarda muammo keltirishi mumkin. Usikning ustunligi uning tezligi va oyoq bilan ishlash texnikasi. Hozirgi superog'ir bokschilarni hech biri bu borada unga etolmaydi. Usik bu ustunligini yo'qotmasa kerak, sababi uning og'irligi bor-yo'g'i 97 kg.ni tashkil qilmoqda», - dedi Izuagbe Ugonox.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar