22 jan 11:24
Yangiliklar
Uxandagi licenzion turnir bekor qilinishi mumkin
Norasmiy xabarlarga qaraganda, tashkiliy qo'mita akkreditaciyadan o'tgan ishtirokchilarga musobaqa bekor qilingani to'g'risida xat yuborgan.
"Yangi koronavirus keltirib chiqargan pnevmoniya sababli sizning xavfsizligingiz va salomatlingiz uchun ushbu musobaqani bekor qilishga qaror qildik", - deyiladi xabarda.
Licenzion musobaqaning yangi joyi va vaqtini Xalqaro olimpiya qo'mitasi elon qiladi. Eslatib o'tamiz, bu musobaqa Tokioda bo'lib o'tadigan olimpiya o'yinlari uchun licenziya beradi.
22 yanvar kuni Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining yig'ilishi bo'lib o'tadi va unda pnevmoniya tarqalishiga qarshi kurash choralari muhokama qilinadi. Xitoydagi malumotlarga ko'ra, 22 yanvar holatiga ko'ra, ushbu kasallikdan 9 kishi vafot etgan, kasallikka chalingan 440ta odam ro'yxatga olingan.
Fikrlar