01 iyu 08:46
Yangiliklar

Uyiga qaytgan Xuker ikki haftalik karantinga tushdi + FOTO
U yakshanba tongida AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etilgan UFC Vegas 4 turnirining markaziy jangida Dastin Porega qarshi oktagonga ko'tarilgandi. O'z uyiga qaytgan Xuker endi ikki hafta davomida majburiy karantinda bo'ladi.
Den oila azolari va yaqinlarini koronavirusdan himoyalash uchun ham shunday yo'l tushishga majbur. Xuker Tvitter sahifasiga karantin aks etgan suratni joylagan. Unda sportchi va qizi orasidagi ijtimoiy masofa ko'rinib turibdi.
"Juda ham yaqin va aksincha uzoq. Oila hamma narsadan ustun", — deya surat ostida izoh qoldirgan Xuker.
Den Xukerni mag'lub etgan sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Dastin Pore post ostida fikr qoldirgan.
"SHunday sinovlardan o'tayotganingdan afsusdaman. Lekin shunday qilmasang bo'lmaydi. Kuchli bo'lib qol!", — deya munosabat bildirgan Pore.
Fikrlar