So’nggi yangiliklar

19:39Чимаев Стриклендга реванш учун 1 миллион доллар таклиф қилди 0 18:25Волкановски: "У билан жангда фаолиятимдаги энг яхши жисмоний ҳолатда бўламан" 0 17:51Ўртоқлик учрашувида Жанубий Кореяга мағлуб бўлдик 0 17:28Тайсон Фьюри Усик билан трилогия қачон бўлиши мумкинлигини айтди 0 16:42"Реал" "Борнмут" футболчиси учун курашга қўшилди 0 16:0550 ёшли Фёдор Емельяненко Фрэнсис Нганну билан жанг қилишни орзу қилишини айтди 0 15:22Тайсон Фьюри Дональд Трампни Энтони Жошуага қарши жангга таклиф қилмоқчи 0 14:44Шара Буллет Исраэль Адесаньяга қарши жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0

07 jan 13:39
Yangiliklar

Qishki sport turlari, Milan-Kortina-2026

Uylanib, murabbiyga aylangan CHigiryov hamda uning o'rniga Ispaniyadan olib kelingan atlet. O'zbek figurali uchish sportida nima gaplar? Milan va Kortina-d'Ampeccoga oldidan bizda muammolar bormi?

So'nggi bir necha oylar figurali uchish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi uchun yangiliklarga boy bo'ldi.

Juftlik yo'nalishidagi vakillarimiz — Dmitriy CHigiryov hamda Ekaterina Geynish o'tgan yili Jahon chempionatidagi ishtiroki orqali 2026 yilgi qishki Olimpiya o'yinlari uchun yo'llanma yutib olgani barchamizning yodimizda.

Biroq 2025 yilning sentyabr oyida CHigiryov rossiyalik tajribali Irina Smirnovaning murabbiylar shtabida faoliyat boshlagani haqida xabarlar tarqaldi. SHundan keyin CHigiryovning o'zi Ekaterina Geynish bilan karera yuzasidan ajralganini tasdiqladi:

"Men professional tarzda shug'ullanmayapman, sog'lig'im uchun mashg'ulotlar o'tkazyapman. Butun o'tgan mavsumni jarohat bilan boshdan kechirdim. Bu yozda esa Katyaning ahvoli yomonlashdi. Ha biz u bilan birga uchmayapmiz", deya aytib o'tgandi Dmitriy.

Noyabr oyi boshida esa Dmitriy figurali uchish bo'yicha rossiyalik murabbiy Larisa Urusovaga uylandi. O'sha oyning o'zidayoq Ekaterinaga yangi sherik sifatida asli italiyalik 27 yashar Marko Candron terma jamoamizga jalb qilinib, 28 noyabr kuni ularning ilk chiqishi ko'zdan kechirildi.

Lekin O'zbekiston qishki sport turlari associaciyasi oldida yana bir muammo bor edi: Bungacha Italiya, Ispaniya terma jamoalari sharafini himoya qilib ulgurgan Candron bayrog'imiz ostida harakat qilishdan avval belgilangan karantin muddatini o'tashi lozim. Qishki sport turlari bo'yicha associaciyamiz rahbariyatining Olamsport.com nashriga malum qilishicha, ayni damda Candron bilan bog'liq hujjat ishlari hal qilinmoqda. 

Olimpiada startiga roppa-rosa 1 oy qoldi. Unga qadar tarixda ilk marta qishki Olimpiya o'yinlari yo'llanmasi qo'lga kiritilgan juftlik dasturida yurtimiz sharafini kim himoya qilishi malum bo'ladi, degan umiddamiz!

MA'LUMOT UCHUN:

Marko Candron 1998 yilning 30 sentyabr kuni Italiyaning Bolzano shahrida tug'ilgan. 2010-2020 yillar oralig'ida Italiya, 2020-25 yillarda esa Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Bungacha Federiko Zamponi, Laura Barkero va Bruk Makintosh bilan sherik bo'lgan. 2021 yilda Makintosh bilan birgalikda Evropa chempionatida to'qqiz, Pekin-2022 qishki Olimpiadasida esa 11-o'rinni egallaydi. Pekindagi o'yinlardan keyin Brukda doping aniqlanib, olti yilga diskvalifikaciya qilingan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing