19 may 09:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Uzoq kutilgan Uaylder - Brizil jangi bir raund davom etdi
Hozirgina AQSHning Nyu-York shtati Bruklin shahrida uzoq kutilgan professional boks kechasi yakunlandi.
Oqshomning markaziy jangida superog'ir vazn toifasida WBC chempioni Deontey Uaylder davogar bokschi Dominik Brizilga qarshi ringga ko'tarildi. Kutilganidek jang uzoq davom etmadi.
Uaylder birinchi raundning o'zida raqibini o'ng qo'lda bergan kuchli zarbasi evaziga nokaut qildi. Bu bilan Deontey o'ziga tegishli WBC chempionlik kamarini to'qqizinchi marotaba himoya qildi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar