04 may 17:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Valuev nima uchun Klichko bilan gaplashmay qo'ygani haqida gapirdi
Rossiyalik sobiq jahon chempioni Nikolay Valuev nima uchun ukrainalik boks yulduzi Vitaliy Klichko bilan gaplashmay qo'yganini aytdi.
Uning so'zlariga ko'ra, bokschilar 2014 yildan buyon gaplashishmaydi. Bu o'zgargan siyosat bilan bog'liq. Valuevga 2010 yilgi jang bekor qilinganidan so'ng ular o'zaro muloqot qilishganligi haqida savol berishdi.
"Juda kam. Ayniqsa, 2014 yildan so'ng. Biz sport haqida gaplashyapmiz. Lekin umumiy oladigan bo'lsak, menga o'shanda Ukrainada bo'lgan ishlar yoqmagandi. Haliyam shunday hisoblayman. Bu o'zaro muloqotlarning to'xtatilishiga sabab bo'lgan.
Lekin u bilan uchrashganimizda gaplashish uchun mavzular etarlicha topilardi. CHunki, qaerda bo'lmaylik sport olami bizni birlashtiradi", - dedi Valuev.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar