So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

22 may 18:14
Yangiliklar

Boshqalar

“Vatanparvar” tashkiloti sportchilari xalqaro musobaqada g'olib chiqishdi

16-19 may kunlari Rossiya Federaciyasi Moskva viloyatining Korolyov shahrida yoshlar o'rtasida sportning raketamodel turi bo'yicha xalqaro musobaqa bo'lib o'tdi.

Beshta davlatdan 120 dan ortiq sportchilar ishtirok etgan ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti sportchilari 4 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini egallab, yoshlar o'rtasida umumjamoa hisobidan birinchi o'rinni egalladilar.

SHohsupaga ko'tarilgan sportchilarimiz:

1. Otabek Fazliddinov “S-7”-sinfida 1-o'rin (Namangan viloyati);

2. Sardor Ro'ziev “S-6-A”-sinfida 1-o'rin (Buxoro v.);

3. Farrux Safoev “S-9-A”-sinfida 1-o'rin (Buxoro v.);

4. Feruz Bahodirov “S-7-A”-sinfida 1-o'rin (Buxoro v.);

5. Farhod Bakiev “S-10-A”-sinfida 2-o'rin (Samarqand v.);

6. SHahboz Bafoev “S-10-A”-sinfida 3-o'rin (Buxoro v.).

Bundan tashqari, namanganlik murabbiy Najmiddin Zaylidinov “Eng yaxshi murabbiy” nominaciyasi bo'yicha g'olib deb topildi. O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti jamoasi ushbu sportchilarni samimiy muborakbod etib, kelgusida bundan-da yuksak yutuqlarga erishishlarini tilaydi.

Eslatib o'tamiz, 2022 yilning 16-23 sentyabr kunlari Qozog'iston Respublikasining Baykonur shahrida sportning raketamodel turi bo'yicha o'tkazilgan “Baykonur Kubogi-2022” xalqaro musobaqasida “Vatanparvar” tashkiloti sportchilaridan iborat O'zbekiston terma jamoasi birinchi o'rinni qo'lga kiritgan edi.

“Vatanparvar” tashkiloti bir qator xalqaro sport tashkilotlari, jumladan, Xalqaro aeronavtika federaciyasi (FAI)ning to'la huquqli azosi hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing