So’nggi yangiliklar

14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0 14:04Дакарда бугун уч нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсларга қўшилади 0 13:46Самбо бўйича 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 13:15"Манчестер Юнайтед" тарихида илк бор ушбу ҳолатга тушиб қолди 0 12:44Конор Макгрегор: "Холлоуэйни бир оёқда ҳам енгардим" 0 12:11Ковингтон UFC жангчилари ва Zuffa боксчилари ўртасидаги мукофот фарқи учун Дана Уайтни танқид қилди 0 11:40Жаҳонгир Зокиров "Zuffa"даги жанги учун Ар-Риёдга етиб борди 0 11:09Ўзбекистон – Саудия Арабистони учрашуви учун чипталар нархи маълум бўлди 0 10:38"Қўллар қичишяпти". Нурмагомедов жанг ўтказиш истагини билдирди 0 10:07Самбо бўйича юбилей 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун беллашувларидан ёрқин ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:36Ёшлар Олимпиадаси. Боксчимиз кореялик рақибасини техник нокаутга учратди + ФОТО 0 09:05А Серия. Етакчилар баҳсида "Интер"нинг қўли баланд келди + ВИДЕО 0 08:34Бугун Дана Уайт Дональд Трамп билан Оқ уйдаги лавозим ҳақида гаплашади 0 08:03UFC 335 турнири битта жангини йўқотди 0

06 iyu 16:20
Yangiliklar

Boshqalar

"Vatanparvar" tashkiloti sportchilari xalqaro musobaqada yana g'olib bo'ldi + FOTO

Rossiya Federaciyasi Moskva viloyatining Korolyov shahrida sportning raketamodel turi bo'yicha xalqaro musobaqa bo'lib o'tdi.

To'rt tadavlat – Rossiya, Belarus, O'zbekiston va Tojikistonning 150 dan ortiq sportchilari ishtirok etgan ushbu nufuzli musobaqada "Vatanparvar" tashkiloti sportchilaridan iborat O'zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo'lga kiritib, yakunda umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi.

Sportchilarimizning natijalari:

1. SHahboz Bafoev: «S-9-A»-sinfida 1-o'rin, «S-3-A» va «S-4-A» sinflarida 3-o'rin (Buxoro v.);

2. Farhod Bakiev: «S-10» sinfida 1-o'rin (Samarqand v.);

3. Najmiddin Zaylidinov: «S-7» sinfida 2-o'rin (Namangan v.);

4. Isroiljon Ramataliev: «S-7» sinfida 2-o'rin (Namangan v.);

5. SHamsiddin Bafoev: «S-10» sinfida 3-o'rin (Buxoro v.);

6. Azizbek Turg'unov: «S-7» sinfida 3-o'rin (Namangan v.).

Bundan tashqari, buxorolik murabbiy SHamsiddin Bafoev "Eng yaxshi murabbiy" nominaciyasi bo'yicha g'olib deb topildi. O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti jamoasi sportchilarni samimiy muborakbod etib, kelgusida bundanda yuksak yutuqlarga erishishlarini tilaydi.

Eslatib o'tamiz, 2023 yilda Rossiya Federaciyasi Moskva viloyatining Korolyov shahrida yoshlar o'rtasida sportning raketamodel turi bo'yicha o'tkazilgan xalqaro musobaqada sportchilarimiz umumjamoa hisobidan birinchi o'rinni egallashgan edi.

"Vatanparvar" tashkiloti bir qator xalqaro sport tashkilotlari, jumladan, Xalqaro aeronavtika federaciyasi (FAI)ning to'la huquqli azosi hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing