25 noy 10:51
Yangiliklar
Kurash
Vazir o'zbekistonlik kurashchi qizlar bilan uchrashdi
Hindistonning Puna shahrida kurash bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati hamda Xalqaro kurash associaciyasining navbatdagi Kongressi bo'lib o'tmoqda.
Mazkur katta kurash bayramida O'zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikromov ham ishtirok etmoqda. Kecha Xalqaro Kurash associaciyasining Kongressida Adham Ikromov IKAning Faxriy birinchi vice–prezidenti etib saylandi.
Tadbirlar doirasida vazir Kurash bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi azolari bilan ham uchrashdi. Ularga musobaqalarda kuch-g'ayrat va omad tiladi. Kurash vatani vakillari sifatida har jihatdan boshqa davlat kurashchilariga o'rnak bo'lishi lozimligini alohida takidladi.
CHempionat dasturiga asosan kurash bahslari 26 noyabr kunidan boshlanadi. XIII jahon chempionatida O'zbekiston milliy terma jamoasi to'liq tarkibda ishtirok etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar