So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

29 iyu 07:49
Yangiliklar

Boks/MMA

Vazir umumiy qiymati 1 mlrd. 200 mln. so'mni tashkil etuvchi yangi boks zali ochilishida qatnashdi + FOTOREPORTAJ

Teglar :  BoksNamanganNorin
Mamlakatimizda yosh avlodning har tomonlama sog'lom va barkamol bo'lib ulg'ayishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.

Jumladan, Namangan viloyati Norin tumani bolalar-o'smirlar sport maktabi qoshida bir akademik soatda 20 nafardan ziyod yoshlar mashg'ulot olib borishlari mumkin bo'lgan yangi boks zali foydalanishga topshirildi.

Barcha sharoitlarga ega ushbu boks zalining ochilish marosimida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev hamda Norin tumani hokimi Dilmurod Qodirov ishtirok etdi.

Umumiy qiymati 1 mlrd. 200 mln. so'mni tashkil etuvchi bu zalda ring va sportchilar uchun maxsus trenajyor xonasi mavjud. Ushbu mo'jazgina boks zalida 4 nafar trener qo'l ostida 200 nafarga yaqin yoshlar boksning sir-asrorlarini o'rganishi mumkin.

- Biz Norin tumanini sport sohasida Respublikadagi eng namunali tumanga aylantirish loyihasini amalga oshirmoqdamiz. O'tgan yili tumandagi bolalar-o'smirlar sport maktabi qoshida ko'p tarmoqli sport zali foydalanishga topshirilgan edi. Bugun tuman yoshlari uchun yangidan bunyod etilgan zamonaviy boks zalini topshirmoqdamiz. Umid qilamanki, kelajakda boshqa sport turlari qatori norinlik bokschilar ham jahon arenalarida yorqin g'alabalarni qo'lga kiritishadi. Bizning asosiy maqsadimiz, tumanda sport bilan muntazam shug'ullanuvchi yoshlar sonini bosqichma-bosqich oshirib borish. Buning natijasida aholining sog'lom turmush darajasini yaxshilanishiga erishamiz, - dedi boks zalining ochilish marosimida Jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiev.





Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing