So’nggi yangiliklar

18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0

09 avg 11:40
Yangiliklar

Futbol

Vazirning birinchi o'rinbosari, O'FA vice-prezidenti, JCH rekordchisi Ravshan Ermatov 43 yoshga to'ldi

Teglar :  Ravshan Ermatov
Bugun O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari, O'FA vice-prezidenti, jahon futboli rekordchisi, Osiyoning besh karra eng yaxshi referisi Ravshan Ermatov o'z tavallud kunini nishonlayapti.

Ravshan Sayfitdinovich Ermatov - 1977 yilning 9 avgust kuni Toshkent shahrida tug'ilgan. Futbolchi sifatida Toshkent viloyatining “G'azalkent” klubida o'ynagan. Og'ir jarohat sabab futbolchilik faoliyatini yakunlab hakamlikka o'tgan. Ijobiy manoda “yaxshiyam, o'shanda Ravshan aka jarohat olgan ekan, bo'lmasa dunyo ahli futbolimizni kim yoki qaysi erishgan natijamiz evaziga tanirdi?”, deging keladi. 

Ravshan Ermatovning “G'azalkent”dagi o'yinlari, jarohat olishi, uchrashuvga hakam kelmagani uchun qo'liga ilk bor hushtak olgani va shu bahona dunyoga mashhur referi bo'lib ketgani haqida malumotga egasiz. Bugungi qahramonimiz 2003 yili 25 yoshida FIFA hakamiga aylangan. Faoliyati davomida besh marta (2008, 2009, 2010, 2011, 2014 yillarda) Osiyoning eng yaxshi hakami deb topilgan. 

Ermatov Jahon chempionatlari final bosqichida eng ko'p o'yin boshqargan hakam hisoblanadi. U mundialda 11 ta o'yinda bosh hakam vazifasida harakat qilgan. Futbol tarixida dunyodagi hech bir hakam bunday natijaga erisha olmagan. Hamyutimiz ikkita Osiyo Kubogi finalida ishlagan birinchi hakam hamdir. U 2011 yili Qatar, shu yil esa BAAdagi qita chempionati finalini boshqargan.

Bundan tashqari, Ravshan Ermatov to'rtta Osiyo Kubogida ishlagan yagona hakam hisoblanadi: Xitoy-2004, Qatar-2011, Avstraliya-2015, BAA-2019. Bu musobaqa hamyurtimiz uchun beshinchisi bo'lishi ham mumkin edi, ammo 2007 yilgi Osiyo Kubogida ishlashiga Kanadada o'tgan yoshlar o'rtasidagi JCH xalal bergandi. Ermatov Osiyo Kubogida o'yinlarni boshqarish bo'yicha ham etakchi - 14 ta uchrashuv. Keyingi o'rinlarda Saad Komil (9 ta o'yin) va SHamsul Maydin (8 ta o'yin) qayd etilgan.

SHuningdek, u O'zbekistonda 2006 yildan 2015 yilgacha ketma-ket 10 marta mamlakatimizning eng yaxshi hakami sifatida etirof etilgan. Ravshan Ermatov besh marta (2007, 2011, 2013, 2015, 2017) OCHL finalini boshqargan. 2008 va 2017 yilgi klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishlagan. 2012 yilgi Olimpiadaning futbol bahslarida hakamlik qilgan.

2010 yilgi Jahon chempionatida Ravshan Ermatov eng yosh hakam bo'lgandi. O'sha mundial uning faoliyatidagi eng muhim musobaqa sifatida yodda qolgan. Ermatov yosh bo'lishiga qaramay, o'z brigadasi bilan mundialda beshta o'yinni boshqarib, o'ziga xos rekord o'rnatgandi.

Oradan to'rt yil o'tib Braziliyada o'tkazilgan jahon chempionatida yana to'rtta o'yinda hakamlik qilib, jami to'qqizta uchrashuvni boshqargan dunyodagi birinchi hakamga aylangan. Hamyurtimiz bungacha sakkizta o'yinda hakamlik qilgan franciyalik Joel Kuinio, meksikalik Benito Archundiya hamda urugvaylik Xorxe Larriondani ortda qoldirgan edi.

Ravshan Ermatov va u erishgan yutqlar haqida juda ko'p gapirish, yozish mumkin. Hakamimiz “O'zbekiston iftixori” faxriy unvoni, “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan. 

Fursatdan foydalanib, shaxsiy yutuqlaridan mamlakatimiz sporti hamda futboli taqdirini ustun qo'ygan Ravshan Sayfutdinovichga bugungi tavallud kun muborak bo'lsin, deb niyat qilamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing