19 mar 09:47
Yangiliklar
Velosport

Veloshosse bo'yicha erkaklar terma jamoamiz "Tour of Thailand"da ishtirok etadi
Velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston erkaklar terma jamoasi kechadan Tailand yo'llarida o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi.
Boisi, 24 mart kuni ushbu mamlakatda veloshosse bo'yicha "Tour of Thailand" ko'p kunlik poygasi start oladi. Besh kun davom etadigan musobaqada terma jamoamiz azolari ham ishtirok etadi.
Tarkib quyidagicha:
Alimardon Jamoliddinov
Diyor Toxirov
Dmitriy Bocharov
Farrux Bobosherov
Vladislav Troman
Nikita Cvetkov.
Havola :
Manba : velosport.uz
Fikrlar