So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

04 sen 07:48
Yangiliklar

Velosport

Veloshosse bo'yicha jahon chempionatiga mezbon topildi

Teglar :  VelosportVeloshosse
SHveycariya hukumati veloshosse bo'yicha jahon chempionatini qabul qilishdan bosh tortgach, bu yil yo'l-yo'l mayka hech kimga nasib etmas ekan, degan mish-mishlar tarqala boshladi.

Biroq bugun Xalqaro velosipedchilar ittifoqi mazkur shov-shuvlarga chek qo'ydi va musobaqaga mezbonlik qiladigan joyni rasman elon qildi. Unga ko'ra, o'zining yo'llari bilan mashhur bo'lgan Italiyadagi Imola trassasi velopoygachilar kuch sinashadigan joy bo'ladi.

“Formula-1 uchun mo'ljallangan ushbu trassada 24-27 sentyabr kunlari bo'lajak jahon chempionati bo'lib o'tadi. Takidlash joiz, bugungi davrdan kelib chiqqan holda musobaqalar taqvimi qisqartirildi va sportchilar faqatgina elita, yani kattalar toifasida yakkalik shaxsiy vaqt hamda guruh poygasi yo'nalishlarida bahs olib borishadi.

Musobaqada erkaklar uchun trassaning uzunligi 259.2 kilometrni, ayollar uchun esa 144 km.ni tashkil qiladi. SHunda 28.8 kilometrga teng aylanani erkaklar 9 bor, ayollar 5 bor bosib o'tishlari kerak. Poyga davomida sportchilar 2 ta murakkab qiyalikka ko'tarilishlari, bazi hududlarda gradienti 14 % ni tashkil qiladigan joylardan o'tishlari talab qilinadi. Alohida start bo'yicha o'tadigan poyga masofasi 32 km.ga teng.

Musobaqa jadvali:

24 sentyabr: Ayollar, alohida startda shaxsiy poyga
25 sentyabr: Erkaklar, alohida startda shaxsiy poyga
26 sentyabr: Ayollar, guruh poygasi
27 sentyabr: Erkaklar, guruh poygasi

Takidlash joiz, Imola 1968 yilgi jahon chempionatini qabul qilishda ham jonbozlik ko'rsatgan.

Malumot uchun, UCI qabul qilgan mazkur reglamentga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi 5ta kvotaga ega bo'ladi. Bunda alohida startdagi shaxsiy poygada erkaklar va ayollar o'rtasida 1 tadan, ayollar o'rtasidagi guruh poygasida esa 3 nafardan sportchimiz ishtirok etishi mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing