07 mar 14:08
Yangiliklar
Velosport

Velosport bo'yicha ayollar terma jamoamiz Vetnamdagi uchta xalqaro musobaqada ishtirok etadi
Veloshosse bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi yangi mavsumning ilk musobaqasida startga chiqadi.
Sportchilarimiz bugun boshlanadigan "BIWASE Tour of Vietnam" ko'p kunlik poygasida o'z omadlarini sinab ko'radi. Musobaqa 5 kun davom etadi. SHundan keyin, navbat 12 mart kuni tashkil etiladigan "BIWASE Criterium" turniriga etadi. 13-18 mart kunlari esa termamiz "BIWASE Cup" xalqaro kubogida bahs olib boradi.
Murabbiylar shtabi qaroriga ko'ra, mazkur uchta xalqaro musobaqada yurtimiz sharafini quyidagi velosportchilar himoya qiladi:
Asal Rizaeva
Anna Kuskova
Madina Qahhorova
Samira Ismoilova
SHahnoza Abdullaeva.
Havola :
Manba : velosport.uz
Fikrlar