15 noy 16:44
Yangiliklar
Futbol

Velosportchilarimiz Hindistonda o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadilar
Kecha velosport bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari Danil Evdokimov va Yanina Kuskovalar xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etish uchun Hindistonning Nyu-Deli shahriga jo'nab ketdilar.
Sportchilarimiz u erda murabbiy Vladislav Fyodorov qo'l ostida mashg'ulot o'tkazadilar.
Hamyurtlarimiz ushbu yig'in orqali yanvar oyida Jakartada trek yo'nalishi bo'yicha o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'radilar. SHuningdek, mazkur yig'in Tokio Olimpiadasi uchun tayyorgarlik bosqichlaridan biri hisoblanadi.
O'quv-mashg'ulot yig'inlari 2 dekabrga qadar davom etadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar