16 may 16:10
Yangiliklar
Velosportchilarimiz “OQTOSH-CHORVOQ MOUNTAIN” musobaqasida 11 ta medal qo'lga kiritishdi
Xalqaro velosportchilar ittifoqining (UCI) taqvim rejasidan o'rin olgan ushbu turnirda 14 mamlakatdan 120 nafar sportchi Parij-2024 Olimpiadasi yo'lida qimmatli reyting ochkolari uchun kurash olib borishdi.
Quvonarlisi, musobaqada ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi azolari 5 ta oltin, 3 tadan kumush va bronza, jami 11 ta medalga sazovor bo'lishdi. Turnirda shohsupaga ko'tarilgan sportchilarimiz:
Oltin medal:
Yanina Kuskova (2 ta)
Olga Zabelinskaya
Margarita Misyurina
Ulug'bek Saidov
Kumush medal:
Olga Zabelinskaya (2 ta)
Yanina Kuskova
Bronza medal:
Margarita Misyurina
Begzod Rahimboev
Aleksey Fomovskiy
O'zbekiston velosiped sporti federaciyasining malum qilishicha, ushbu musobaqa orqali mamlakat erkaklar terma jamoasi 151, ayollar jamoasi esa 402 reyting ochkosini jamg'arishga muvaffaq bo'ldi. Bu orqali jahon reytingida ayollar jamoamiz 23-o'rindan 19-pog'onaga, yigitlarimiz esa 52-o'rindan 45-pog'onaga ko'tarildi.
Fikrlar