28 jan 19:51
Yangiliklar

Velosportchilarimiz “Sharjah Tour” turniridagi ishtiroklarini boshlashmoqda
Bugun BAAning SHarja shahrida “Sharjah Tour” xalqaro turniri start oladi.
Ahamiyatlisi, unda terma jamoamiz vakillari ham qatnashadilar.
Reglamentga ko'ra, musobaqa 5 bosqichdan iborat bo'ladi. Bugun sportchilar 8.86 km masofani individual vaqt yo'nalishida bosib o'tishadi. Musobaqada quyidagi 6 sportchimiz ishtirok etadi: Aleksey Fomovskiy, Akram Sunnatov, Ulug'bek Saidov, Damir Zabirov, Dmitriy Bocharov, Edem Eminov.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar