27 avg 13:49
Yangiliklar
Futbol
Veynaldum operaciyadan voz kechdi u JCHda ishtirok etmaydi
"Roma" futbolchisi Jorjino Veynaldum Qatardagi mundialni o'tkazib yuboradi.
Futbolchi "Roma" mashg'ulotida oyog'ini sindirib olgandi. SHundan keyin u operaciya qilinishi kerakligi va shundan keyin uning safga qaytishi uch oydayoq amalga oshishi kutilgandi. Bu uning JCHgacha sog'ayib olishga zamin yaratardi.
"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, niderlandiyalik xavbek operaciya qilishdan voz kechgan. Endi uning safga qaytishi 2023 yil yanvariga to'g'ri keladi. Mundialdan so'ng jamoalar chempionat o'yinlariga qaytganida u ham mavsumning ikkinchi qismiga tayyor bo'ladi.
Qatardagi jahon chempionati 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar