29 okt 13:06
Yangiliklar
Futbol
Vinisius "Real"dagi kelajagi borasida bir qarorga keldi
"Real Madrid" futbolchisi Vinisius Junior Madridni tark etishga tayyor.
Braziliyalik agentidan "qirollik klubi" bosh murabbiyi Xabi Alonso uni jamoaning asosiy futbolchisi deb hisoblamasa, boshqa klub topishni so'radi. X ijtimoiy tarmoqdagi Cadena Ser akkauntiga ko'ra, agar vaziyat yaxshilanmasa, braziliyalik futbolchi shartnomasini uzaytirish niyatida emas.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya La ligasining 10-turidan o'rin olgan “Barselona”ga qarshi o'yinda (2:1) 72-daqiqada almashtirilganidan so'ng Vinisius Alonsoni noroziligini bildirib, maydonni tark etgandi. Biroz vaqt o'tgach, u zaxira o'rindig'iga qaytdi va jamoadoshlari bilan uchrashuvning so'nggi qismini tomosha qildi.
Havola :
Manba : Cadena Ser
Fikrlar