10 sen 12:55
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/18832_220.jpg)
Visaksil Vangek sobiq jahon chempionini nokautga uchratdi
Bugun AQSHning Kaliforniya shtatida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida nikaragualik 30 yoshli Roman “CHokolatito” Gonsales (46-1, 38KO) tailandlik 30 yoshli Visaksil Vangek (43-4-1, 39KO) bilan to'qnash keldi.
Tengdoshlar ringda o'zaro ikkinchi marotaba uchrashishdi. Jangning to'rtinchi raundida Vangek Gonsalesni nokautga uchratdi. Ilk jang shu yilning mart oyida o'tkazilgan bo'lib, unda Vangek ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar