22 jan 11:15
Yangiliklar
Voleybol: kattalar Toshkentda, yoshlar termasi esa Navoiyda yig'inga kirishgan
Mazkur yig'inga barcha terma jamoalar 23 nafardan sportchini jalb qilgan, yani 23 nafar erkaklar terma jamoasi azolari va 23 nafar ayollar terma jamoasi. Yoshlar termasida ham xuddi shunday.
Yig'inda texnik-taktik mashg'ulotlar bilan bir qatorda sportchilar jismoniy tayyorgarlikni oshirish maqsadida basseynda suzish va trenajyorlarda ham shug'ullanishmoqda. SHuningdek, umumjismoniy mashqlarga ham alohida etibor qaratilmoqda.
O'zbekiston voleybol federaciyasi qaroriga ko'ra, yig'in boshlanishi oldidan va yakunida har bir sportchidan jismoniy normativ olinadi. Eng yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega sportchilar oldinda turgan xalqaro musobaqalarga jalb etiladi.
Takidlash kerak, voleybol bo'yicha terma jamoalarimizni yaqin orada Markaziy Osiyo mintaqasi musobaqalari hamda 21-bor o'tkazilayotgan qita chempionati kutib turibdi.
Fikrlar