So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

09 iyu 10:31
Yangiliklar

Boks/MMA

Volkov AQSHga boradi, 21 iyun kungi jangning rasmiy posteri ham tayyor + FOTO

Teglar :  MMAUFCVolkov
UFC promousheni 21 iyun kuni o'tkaziladigan UFC Fight Night 173 turnirining rasmiy posterini elon qildi.

AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi UFC APEX arenasi mezbonlik qiluvchi ushbu oqshomning markaziy jangi og'ir vazn toifasi vakillari - rossiyalik Aleksandr Volkov hamda amerikalik Kyortis Bleyds o'rtasida bo'lib o'tadi. 

Avvalroq UFC prezidenti Dena Uayt rossiyalik jangchilarni AQSHga olib kelish borasida muammoga duch kelayotganini aytgan edi. Kecha esa Rossiya hukumati mamlakat fuqarolarini faqat ish yuzasidan xorijga chiqishlariga ruxsat berdi.

"Hukumatning maxsus Farmoyishi imzolandi, unga ko'ra Rossiya fuqarolariga ish va o'qish yuzasidan hamda xorijda yashayotgan bemor qarindoshlarining holidan xabar olishlari uchun ruxsat berildi", — deydi Rossiya Federaciyasi bosh vaziri Mixail Mishustin.

Malumot uchun, Aleksandr Volkov so'nggi jangini o'tgan yilning noyabr oyida Moskvadagi UFC turnirida o'tkazgan bo'lib, o'shanda Greg Xardini mag'lubiyatga uchratgan edi. U ayni paytda reytingda 7-o'rinni egallab turibdi. Bleyds esa so'nggi jangida Junior dos Santosni nokautga uchratgan va o'sha g'alabadan so'ng reytingda 3-o'ringa ko'tarilib olgandi. 

Aleksandr Volkov hisobida aralash yakkakurashlar bo'yicha 38 ta jang bo'lib, ularning 31 tasida g'alaba qozongan. Hisobida 7 ta mag'lubiyat bor. Bleyds esa 15 ta jangining 13 tasida zafar quchgan. Ikki bor mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing