01 okt 12:16
Yangiliklar
Suv sporti turlari

Vyacheslav Kachanov Osiyo chempionatida ikkinchi bronza medalini qo'lga kiritdi
Suvga sakrash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Vyacheslav Kachanov Hindistonda o'tayotgan Osiyo chempionatida ikkinchi bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Uch metrli tramplindan sakrash dasturida qatnashgan Kachanov 368.85 ball bilan uchinchi natijani qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz xuddi shu balandlikda juftlik dasturida Igor Myalin bilan ham shohsupaning uchinchi pog'onasiga ko'tarilgan edi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar