10 fev 18:13
Yangiliklar
Tennis

W15 Shymkent. SHaripova yakkaliklarda ham ishtirokini boshladi
Qozog'istonning CHimkent shahrida ayollar o'rtasidagi ITF tasnifiga kiruvchi "W15 Shymkent" turniri bo'lib o'tmoqda.
Bugun hamyurtimiz Sabina SHaripova musobaqadagi ilk o'yinini o'tkazdi.
Tennischimiz birinchi davrada mezbonlar vakilasi Elizaveta Karlovaga qarshi kortga chiqdi. 3 set davom etgan uchrashuvda SHaripova 7/6, 2/6, 6/0 hisobida g'alaba qozondi. Endi uning 1/8 finaldagi raqibi ukrainalik Lyubov Kostenko bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Sabina SHaripova WTA reytingida 377, 17 yoshar raqibi Kostenko esa 1115-o'rinni egallab turibdi.
SHuningdek, SHaripova ushbu turnirda rossiyalik Ekaterina Kazionova bilan birgalikda juftlik bahslarida ham ishtirok etmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar