12 iyu 11:06
        Yangiliklar	
	
				
				    Tennis			    
				
				
			
				W15 Tashkent 2. Abduraimova boshdan baland sakray olmadi
Poytaxtimizda tennis bo'yicha W15 toifasiga kiruvchi Tashkent 2 turniri bo'lib o'tmoqda. 
			Biroz avval yakuniga etgan 1/8 final uchrashuvida Nigina Abduraimova turnirning birinchi raketkasi, rossiyalik Ekaterina Reyngoldga qarshi kortga chiqdi. Dunyoning 479-raketkasi bo'lib turgan Reyngold hamyurtimizni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 6/3.
Taqqoslash uchun, mamlakatimizning ikkinchi raketkasi ayni paytda WTA reytingida 974-pog'onadan joy olgan. Toshkent turnirida hamyurtlarimizdan birgina Sabrina Olimjonova qoldi. U 1/8 finalda rossiyalik Panshinaga qarshi kortga chiqadi.

            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
            
			
Fikrlar