01 okt 07:45
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC chempioni Briedis Cuperseriyaning yarim finaliga chiqdi
Latviyalik bokschi Mayris Briedis Rigada o'tgan boks oqshomida og'ir vazn toifasida o'ziga tegishli bo'lgan WBC chempionlik kamarini himoya qildi.
Kubalik Mayk Peresga qarshi kechgan jang 12 raund davom etdi va g'olib ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Hakamlar 116:110, 115:111, 114:112 hisobida g'alabani mezbon bokschiga berishdi.
Mayris o'z chempionlik
kamarini himoya qilish bilan birga Butunjahon boks superseriyasining yarim finaliga
ham yo'llanma oldi. Endi u final ostonasida ukrainalik Aleksandr Usikka qarshi
ringga ko'tariladi. Bu jang 2018 yilning boshlarida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar