10 may 09:36
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC Fyuri va Uaytga saralash jangi taklif qildi
Butunjahon boks uyushmasi (WBC) reytingning birinchi pog'onasidan joy olib turgan Dillian Uayt hamda sobiq jahon chempioni Tayson Fyuriga saralash jangida ringga chiqish taklifini berdi.
WBC prezidenti Mauricio Suleymanning aytishicha, ushbu jang g'olibi jahon chempioni Deontey Uaylderga qarshi ringga chiqish huquqini qo'lga kiritadi.
Lekin Dillian Uaytning promouteri Eddi Xirn bu taklifga rozi bo'lmadi. Xirn rasmiy davogar bo'lish uchun ortiqcha jang kerak emas, degan fikrni ilgari surmoqda. Uaytni Oskar Rivasga qarshi jang kutyapti. Xirn mazkur jang g'olibi Uaylderga qarshi ringga chiqishi kerak, demoqda.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar