18 may 09:02
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC o'ldirish bilan tahdid qilgani uchun Uaylderni jazolashi mumkin
WBC Deontey Uaylderning aytgan so'zlarini o'rganib chiqmoqda.
U ringda raqibi Dominik Brizilni o'ldirib qo'ymoqchi ekanligi, boks ringda odam o'ldirganligi uchun jazolanmaydigan sport turi ekanligini aytgandi.
"Uaylderning so'zlari g'alati va boks g'oyalariga to'g'ri kelmaydi. Deonteyni anchadan beri bilaman va bunday gap-so'zlar uni kuchaytirib qo'ymaydi. Uning harakatlari WBC ahloq qoidasiga to'g'ri kelmaydi. Biz uning ushbu gap-so'zlarini ko'rib chiqamiz", - dedi WBC prezidenti Maurisio Suleyman.
Eslatib o'tamiz, Uaylderning Brizilgan qarshi jangi yakshanba kuni Bruklinda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar