07 okt 08:56
Yangiliklar
Boks/MMA
WBC superog'ir vaznni ikki toifaga ajratmoqchi
Professional boks tashkilotlari orasida eng nufuzlisi - Butunjahon boks uyushmasi (WBC) yangi 18-vazn toifasini tashkil etishni rejalashtirmoqda.
Aniqrog'i, hozirgi superog'ir vazn toifasi ikkiga bo'linadi. Yani, og'ir va superog'ir vazn toifalariga ajratiladi. Agar yangilik amalgat oshsa, bu WBC tashkilotining 18-vazn toifasi sifatida qayd etiladi.
WBC prezidenti Maurisio Suleymanning aytishicha, bu bilan superog'ir vazn toifasida jang o'tkazuvchi bokschilarning vaznlari orasidagi katta farq tafovutining yuzaga kelish oldi olinadi.
“SHunday holatlar ham kuzatilganki, 95,2 kg vazn toifasidagi bokschi 113,3 kg va undan yuqori og'irlikka ega raqibi bilan jang o'tkazgan. SHuning o'zi ham katta farq. Yangi vazn toifasi bu masalaning echimi bo'ladi”, - dedi WBC tashkiloti rahbari Suleyman.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar