27 avg 09:12
Yangiliklar
Futbol

Western & Southern Open. Novak Jokovich 1/2 finalda
AQSHning Nyu-York shahrida tennis bo'yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda.
Sayyoramizning birinchi raketkasi Novak Jokovich ortiqcha qiyinchiliksiz 1/4 finaldan o'tib oldi. Serbiyalik tennischi chorak final uchrashuvida reytingning 34-pog'onasidan joy olib turgan germaniyalik Yan-Lennard SHtruffni mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/1.
Bahs 62 daqiqa davom etgan. Bu vaqt oralig'ida 33 yoshli Novak ham, 30 yashar Yan ham 5 tadan eys zarbani amalga oshirishgan. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yanada yiriklashdi - 4:0. Jokovich Western & Southern Open yarim finalida ispaniyalik Roberto Bautista-Agutga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar