07 iyu 07:22
Yangiliklar
Tennis
WTA ATR bilan teng pul mukofotiga erishish uchun investorlarga 20% ulushini sotadi
WTA CVC Capital Partners xususiy sarmoya firmasiga 20 foiz ulushini sotadi, deb xabar bermoqda The Times.
Bitim summasi 180 million dollarni tashkil qiladi.
Avvalroq konsalting kompaniyasi ATP va WTA birlashishi uchun 600 million dollar taklif qilgan, biroq ATP muzokaralardan voz kechgandi.
Aytilishicha, kelishuv WTA'ni keyingi bir necha yil uchun strategik rejasini iyun oyida elon qilgan ATP bilan tenglashtiradi. Biroq tomonlar haligacha shartnoma imzolashmagan. Kelishuv sentyabr oyida bo'lib o'tadigan WTA kengashi yig'ilishida yakunlanishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, CVC Capital Partners sog'liqni saqlash, energetika, infratuzilma, fintech, savdo, telekommunikaciya, axborot texnologiyalari va ommaviy axborot vositalariga sarmoya kiritishga ixtisoslashgan.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar