11 noy 18:18
Yangiliklar
WTA Finals. Karolina Plishkova Garbin Mugurusani mag'lub etdi
Jahonning to'rtinchi raketkasi, chexiyalik tennischi Karolina Plishkova WTA Yakuniy turnirining guruh bosqichida WTA reytingida beshinchi o'rinni egallab turgan ispaniyalik Garbin Mugurusani mag'lub etdi.
2 soatu 28 daqiqa davom etgan uchrashuvda Plishova Mugurusa ustidan 4/6, 6/2, 7/6 hisobida g'alaba qozondi. Sportchilarning o'zaro uchrashuvlari hisobi 9:2 - chexiyalik tennischi foydasiga.
SHu tariqa, hozircha Plishkovada bitta g'alaba, Mugurusa hisobida esa bitta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : Gotennis.ru
Fikrlar