24 avg 14:48
Yangiliklar
WTA reytingi. Arina Sobolenko faoliyatida ilk bor ikkinchi raketkaga aylandi
WTA reytingida avstraliyalik Eshli Barti hamon peshqadam bo'lib qolmoqda. Belaruslik Arina Sobolenko yaponiyalik Naomi Osakani ortda qoldirib, o'z faoliyatida birinchi marotaba jahonning ikkinchi raketkasiga aylandi. Naomi Osaka 2020 yilda Cincinnatida g'olib bo'lgani va bu yil chempionligini himoya qilolmagani uchun undan ochkolar olib tashlandi. Kuchli o'nlikning oxirida Barbora Kreichikova va Garbin Mugurusa joylarini almashtirdilar.
Yangilangan reytingda tennischi qizlarimizning barchasi doimgidek pastlashdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Akgul Amanmuradova 5 pog'onaga, Sabina SHaripova 2, Nigina Abduraimova esa 1 o'ringa pastladi.
WTA reytingi 23 avgust
1 (1). Eshli Barti (Avstraliya) - 10185 ochko
2 (3). Arina Sobolenko (Belarusiya) - 7010
3 (2). Naomi Osaka (Yaponiya) - 6666
4 (4). Karolina Pliskova (CHexiya) - 5530
5 (5). Sofiya Kenin (AQSH) - 5030
6 (6). Elina Svitolina (Ukraina) - 5030
7 (7). Byanka Andresku (Kanada) - 4537
8 (8). Iga SHvientek (Polsha) - 4461
9 (10). Barbora Kreichikova (CHexiya) - 4273
10 (9). Garbinier Mugurus (Ispaniya) - 4210
O'zbekistonlik tennischilarning WTA`dagi o'rni:
445 (440). Akgul Amanmuradova – 111
461 (459). Sabina SHaripova- 104
546 (545). Nigina Abduraimova- 74
1348 (1345). Milana Maslenkova – 5
1413 (1412). Larisa Bekmetova- 4
1446 (1445). Sevil Yuldasheva- 3
Fikrlar