13 iyu 09:20
Yangiliklar
WTA reytingi. Ayol tennischilarimizdan kuchli pasayish, Sobolenko TOP-3ga kirib oldi
Uimbldon g'olibasi avstraliyalik Eshli Barti reytingni boshqarib bormoqda. Yaponiyalik Naomi Osaka ham o'z o'rnida qoldi. Arina Sobolenko 1 o'rin yuqorilab, TOP-3 ga kirishga muvaffaq bo'ldi. Ruminiyalik Simona Xalep esa 6 pog'onaga pastladi. CHexiyalik Karolina Plishkova va ispaniyalik Garbin Muguruza bu haftada TOP-10 likka kirdi.
Tennischi qizlarimiz har hafta pastlashmoqda. Yangilangan reytingda esa Sabina SHaripovada kuchli pasayish kuzatildi. U 64 o'rin pasladi. Akgul Amanmuradova 7, Nigina Abduraimova esa 24 o'ringa pastladi.
WTA reytingi 12 iyul kungi holati:
1. (1) Eshli Barti (Avstraliya)-9635 ochko
2. (2) Naomi Osaka (Yaponiya)-7346
3. (4) Arina Sobolenko (Belorussiya)-6965
4. (6) Sofiya Kenin (AQSH)-5640
5. (7) Byanka Andreesku (Kanada)-5331
6. (5) Elina Svitolina (Ukraina)-5125
7. (13). Karolina Plishkova (CHexiya)-4975
8. (9) Iga Svyontek (Polsha)-4695
9. (3) Simona Xalep (Ruminiya)-4330
10. (12) Garbine Muguruza (Ispaniya)-4165
O'zbekiston tennischilarining jahon reytingidagi o'rni:
447. (441) Akgul Amanmurodova-108
474. (410) Sabina SHaripova-99
669. (645) Nigina Abduraimova-49
1320. (1313) Milana Maslenkova-5
1386. (1378) Larisa Bekmatova-4
1416. (1416) Sevil Yuldasheva-3.
Fikrlar