04 apr 15:53
Yangiliklar
WTA reytingi. Iga Svyontek sayyoramizning birinchi raketkasi!
Mayami "Masters"i chempioniga aylangan polshalik Iga Svyontek sayyoramizning birinchi raketkasiga aylandi. U faoliyatini yakunlagan Eshli Bartini o'rnini egalladi. WTA Bartini reytingdan olib tashladi. CHexiyalik Barbora Kreychikova 2 pog'ona yuqorilab, 2-o'ringa ko'tarilgan bo'lsa, ispaniyalik Paula Badosa 3 o'rin yuqorilab, Top-3 da debyut qildi. Mayami turniri chorak finaliga etib kelgan amerikalik Daniel Kollinz esa Top-10 likka kirishga muvaffaq bo'ldi.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova yangilangan reytingda 2, Sabina SHaripova 5, Akgul Amanmuradova esa 19 pog'ona pastladi.
WTA reytingi. 4 aprel holatiga ko'ra:
1. (2) Iga Svyontek (Polsha) - 6711
2. (4) Barbora Kreychikova (CHexiya) - 4975
3. (6) Paula Badosa (Ispaniya) - 4970
4. (3) Mariya Sakkari (Greciya) - 4705
5. (5) Arina Sobolenko (Belarus) - 4657
6. (7) Anett Kontaveyt (Estoniya) - 4511
7. (8) Karolina Plishkova (CHexiya) - 4197
8. (11) Daniel Kollinz (SSHA) - 3151
9. (9) Garbin Mugurusa (Ispaniya) - 3070
10. (10) Ons Jaber (Tunis) - 2975
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
257 (259). Nigina Abduraimova - 249
565 (560). Sabina SHaripova - 82
704 (685). Akgul Amanmuradova - 49
1384 (1392). Milana Maslenkova - 7
1540 (1548). Sevil Yuldasheva - 4
1540 (1548). Larisa Bekmetova - 4
Fikrlar