05 okt 07:42
Yangiliklar
WTA reytingi. Naomi Osaka TOP-10'ni tark etdi, o'zbek tennischilari pastlashdi
Yangilangan reytingning Top-5 da hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Eshli Barti birinchi pog'onada bormoqda. CHikagodagi turnirdan so'ng chempionlikni qo'lga kiritgan Garbine Mugurusa jahonning oltinchi raketkasiga aylanib oldi. Ukrainalik tennischi Elina Svitolina 1 pog'ona pastlab 7-o'ringa joylashgan bo'lsa, shveycariyalik Belinda Benchich 2 pog'ona yuqorilab Top-10 ga kirdi. Yaponiyalik tennischi Naomi Osaka 2018 yildan beri birinchi marta Top-10 ni tark etdi va 12-o'ringa joylashdi.
Bu hafta ham tennischi qizlarimizning barchasi yana pastladi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova 6, Nigina Abduraimova 2, Akgul Amanmuradova esa 3 pog'onaga patladi.
WTA reytingi. 4 oktyabr
1 (1) Eshli Barti (Avstraliya) - 9077
2 (2) Arina Sobolenko (Belarussiya) - 7115
3 (3) Karolina Plishkova (CHexiya) - 5285
4 (4) Iga SHventek (Polsha) - 4756
5 (5) Barbora Kreychikova (CHexiya) - 4668
6 (9) Garbine Mugurusa (Ispaniya) - 4595
7 (6) Elina Svitolina (Ukraina) - 4376
8 (8) Sofiya Kenin (AQSH) - 4190
9 (10) Mariya Sakkari (Greciya) - 4055
10 (12) Belinda Benchich (SHveycariya) - 3835
O'zbekistonlik tennischilarning WTA'dagi o'rni:
464 (458). Sabina SHaripova - 104
487 (585). Nigina Abduraimova – 94
533 (530). Akgul Amanmuradova – 82
1414 (1407). Milana Maslenkova – 5
1446 (1438). Larisa Bekmetova - 4
1486 (1475). Sevil Yuldasheva – 3
Fikrlar