04 jan 16:39
Yangiliklar
WTA reytingi. Nigina Abduraimova 2022 yilni 27 pog'onaga yuqorilash bilan boshladi
2022 yilning ilk haftasini Top-200 tennischilari o'tgan haftadagi o'rinlarida boshlashdi. Avstraliyalik Eshli Barti reyting etakchisi bo'lsa, beloruslik Arina Sobolenko ikkinchi, Garbin Mugurusa uchinchi pog'onada.
Yilni mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova 27 pog'onaga yuqorilash bilan boshlamoqda. Abduraimova 332-o'rinni egallab turibdi. Sabina SHaripova va Akgul Amanmuradova esa o'tgan yilgi o'rinlaridan 1 pog'onaga paslashdi.
WTA reytingi. 2022 yil 3 yanvar
1. (1) Eshli Barti (Avstraliya) - 7582 ochko
2. (2) Arina Sobolenko (Belarus) - 6380
3. (3) Garbin Mugurusa (Ispaniya) - 5685
4. (4) Karolina Plishkova (CHexiya) - 5135
5. (5) Barbora Kreychikova (CHexiya) - 5008
6. (6) Mariya Sakkari (Greciya) - 4385
7. (7) Anett Kontaveyt (Estoniya) - 4351
8. (8) Paula Badosa (Ispaniya) - 3849
9. (9) Iga Svyontek (Polsha) - 3786
10. (10) Ons Jaber (Tunis) - 3455
O'zbekistonlik tennischilarning WTA dagi o'rni:
332 (359). Nigina Abduraimova - 168
485 (484). Sabina SHaripova - 97
582 (582). Akgul Amanmuradova - 73
1405 (1400). Milana Maslenkova - 7
1550 (1548). Sevil Yuldasheva - 4
1550 (1548). Larisa Bekmetova - 4
Fikrlar