08 noy 16:52
Yangiliklar
WTA reytingi. Nigina Abduraimova yaxshigina ko'tarildi, Emma Radukanu esa Top-20 da debyut qildi
Reytingning kuchli o'nligida kichik o'zgarish kuzatildi. Iga Svyontek o'tgan haftadagi o'rnidan 1 pog'onaga yuqorilab, 9-o'ringa joylashdi. Ispaniyalik tennischi Paula Badosa kuchli o'ntalikda, Emma Radukanu esa Top-20 da debyut qildi. WTA reytingini avstraliyalik Eshli Barti boshqarib bormoqda.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova reytingda kuchli sakrashni amalga oshirdi. Abduraimova bu haftada 98 pog'onaga yuqoriladi. Sabina SHaripova esa 5 o'ringa pasladi.
2021 yil 8 noyabr holatiga ko'ra
1 (1) Eshli Barti (Avstraliya) - 7582
2 (2) Arina Sobolenko (Belarus) - 6130
3 (3) Barbora Kreichikova (CHexiya) - 4708
4 (4) Karolina Pliskova (CHexiya) - 4510
5 (5) Garbin Mugurus (Ispaniya) - 4310
6 (6) Mariya Sakkari (Greciya) - 3760
7 (7) Ons Jaber (Tunis) - 3455
8 (8) Anette Kontaveit (Estoniya) - 3396
9 (10) Iga Svyontek (Polsha) - 3286
10 (11) Paula Badosa (Ispaniya) - 3224
O'zbekistonlik tennischilarning WTA'dagi o'rni:
359 (457). Nigina Abduraimova - 171
480 (475). Sabina SHaripova – 99
566 (558). Akgul Amanmuradova – 76
1355 (1394). Milana Maslenkova – 7
1484 (1481). Larisa Bekmetova - 4
1519 (1517). Sevil Yuldasheva – 3
Fikrlar