19 fev 17:32
Yangiliklar
WTA reytingi. Nigina va Milana ko'tarilishdi, Sevil 15 pog'onaga pastladi
Dunyo tennis malikalari Top-10`taligida o'zgarishlar kuzatildi. Doha turniri vice-chempioni Elena Ribakina bir pog'onaga yuqorilab, 4-o'ringa chiqib oldi. Jessika Pegula esa aksincha 5-o'ringa tushdi. Qatarda chempion bo'lgan polshalik Iga Svyontek katta farq bilan reyting karvonboshisi bo'lib turibdi. Uning ochkolar 10 000 tadan oshdi. Belaruslik Arina Sobolenko ikkinchi, amerikalik Kori Goff esa uchinchi o'rinni band etgan.
Yangilangan reytingda uch nafar tennischi qizlarimizdan ikkisi yuqorilashga erishdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova o'tgan hafta bilan taqqoslaganda 3 pog'onaga yuqorilab, 245-o'rinni egallab turibdi. Ikkinchi raketkamiz Sevil Yuldasheva 15 pog'onaga pastladi. Milana Maslenkova esa aksincha, 2 o'ringa holatini yaxshilab oldi.
WTA reytingi. 19 fevral kungi holat:
1. (1) Iga Svyontek (Polsha) - 10300 ochko
2. (2) Arina Sobolenko (Belarus) - 8905
3. (3) Kori Goff (AQSH) - 7110
4. (5) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 6738
5. (4) Jessika Pegula (AQSH) - 5400
6. (6) Ons Jaber (Tunis) - 4183
7. (7) CHjen Cinven (Xitoy) - 3885
8. (8) Marketa Vondroushova (CHexiya) - 3856
9. (11) Elena Ostapenko (Latviya) - 3533
10. (10) Karolina Muxova (CHexiya) - 3465...
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
245 (248). Nigina Abduraimova – 305
1085 (1070). Sevil Yo'ldosheva – 13
1360 (1362). Milana Maslenkova – 3
Fikrlar