25 iyu 13:37
Yangiliklar
WTA reytingi. Tennischi qizlarimizning barida yuqorilash
O'tgan hafta bilan taqqoslaganda, reytingning Top-10 ligida kichik o'zgarish kuzatildi. Ispaniyalik Garbin Mugurusa amerikalik Daniel Kollinzni ortda qoldirib, WTA reytingida sakkizinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Kollinz esa mos ravishda 9-o'ringa joylashdi. Reytingni hamon Iga Svyontek boshqarib bormoqda.
WTA'ning yangilangan reytingida tennischi qizlarimizning barchasi o'z o'rinaridan yaxshigina yuqorilashga erishdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova 11, Akgul Amanmuradova va Sabina SHaripova esa14 pog'onadan ko'tarildi.
WTA reytingi. 2022 yil 25 iyul holatiga ko'ra Top-10:
1. (1) Iga Svyontek (Polsha) - 8336 ochko
2. (2) Anett Kontaveyt (Estoniya) - 4476
3. (3) Mariya Sakkari (Greciya) - 4190
4. (4) Paula Badosa (Ispaniya) - 4030
5. (5) Ons Jaber (Tunis) - 4010
6. (6) Arina Sobolenko (Belarus) - 3267
7. (7) Jessika Pegula (AQSH) - 3087
8. (9) Garbin Mugurusa (Ispaniya) - 2886
9. (8) Daniel Kollinz (AQSH) - 2743
10. (10) Emma Radukanu (Buyuk Britaniya) - 2717
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
197 (197). Nigina Abduraimova - 349
678 (693). Akgul Amanmuradova - 48
909 (923). Sabina SHaripova -22
1460 (1467). Sevil Yuldasheva - 5
1526 (1535). Milana Maslenkova - 3.
Fikrlar