03 noy 08:04
Yangiliklar
Tennis
WTA Yakuniy turnir. Sobolenko Sakkariga yutqazdi
AQSHning Fort-Uert shahrida tennis bo'yicha yilning Yakuniy WTA turniri davom etmoqda.
Mukofot jamg'armasi 5 million AQSH dollarini tashkil etuvchi turnirning guruh bosqichida ikkinchi tur uchrashuvlari boshlandi. Dunyoning ettinchi raketkasi bo'lib turgan belaruslik Arina Sobolenko reytingning beshinchi pog'onasida borayotgan greciyalik Mariya Sakkariga 2:6, 4:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
To'qson to'qqiz daqiqa davom etgan bahsda Sakkari 1 ta eys, 5 ta breyk-poyntni amalga oshirdi. Mariya ilk turda amerikalik Jessika Peguladan ham ustun kelgan edi. Sobolenko esa tunislik Ons Jaberni mag'lubiyatga uchratgandi.
Malumot uchun, WTA Yakuniy turnirining amaldagi g'olibi ispaniyalik Garbine Mugurusa hisoblanadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar