29 apr 09:07
Yangiliklar
Boks/MMA

WWE UFC sobiq chempioni bilan shartnomani bekor qildi
WWE rahbariyati UFC sobiq chempioni Keyn Velaskes bilan shartnomani bekor qilishga qaror qildi.
Bunga koronavirus kelib chiqqan inqiroz sabab bo'ldi. Velaskes WWE promosheni bilan o'tgan yili shartnoma imzolagandi va ilk jangida yana bir UFC sobiq chempioni Brok Lesnarga qarshi jang qilib, mag'lub bo'lgandi.
Malumot uchun, Velaskes UFCda so'nggi jangini o'tgan yilning fevralida Frensis Ngannuga qarshi oktagonga ko'tarilib, birinchi raunddayoq nokaut bo'lgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar