11 may 14:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabarovsk. Superog'ir vaznli bokschimiz finalga yo'l oldi
Rossiyaning Xabarovsk shahrida boks bo'yicha Konstantin Korotkov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnirda yarim final janglari nihoyasiga etdi.
Yarim finalning so'nggi jangida +91 kg vaznli Lazizbek Mullajonov mezbon sportchi Mark Petrovskiga qarshi ringga ko'tarildi va katta ustunlikka erishdi. U uchinchi raundda raqibini nokdaun holatiga tushirishga ham erishdi.
Yakunda hakamlar bokschimiz 5:0 hisobida g'alaba qozonganini qayd etishdi va Lazizbek musobaqa finaliga yo'l oldi.
Endi u turnir g'olibligi uchun hamyurtimiz Ulug'bek Mubinovni mag'lub etgan misrlik Mustafo Uosriga qarshi jang o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar