14 may 03:52
Yangiliklar

Xabarovskdagi musobaqada muvaffaqiyatli qatnashgan bokschilarimiz Toshkentda tantanali kutib olindi
Musobaqada jahonning 20 dan ortiq mamlakatidan tashrif buyurgan 150 nafarga yaqin bokschi g'oliblik uchun bellashdi. Bahslarda o'zbekistonlik bokschilar ham ishtirok etishdi va yurtimizga 4 ta medal bilan qaytib kelishdi.
Biroz avval, 14 may soat 02:30 da ana shu turnirda ishtirok etgan bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Kutib olish marosimida O'zbekiston boks federaciyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Eslatib o'tamiz, musobaqada O'zbekiston terma jamoasi safida Abrorjon Qodirov (-52 kg), Bilolbek Mirzarahimov (-69 kg) oltin medalga ega chiqqan bo'lsa, yosh Lazizbek Mullajonov (+91 kg) kumushga sazovor bo'ldi. Og'ir vaznli boshqa bir bokschimiz Ulug'bek Mubinov (+91 kg) bronza medalini qo'lga kiritdi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar